Markaziy bank kredit berishning yangi qoidalarni tasdiqladi

Yangi qoidalar banklar faoliyatini shaffof qiladi va aholining ortiqcha qarz olishining oldini oladi.
Sputnik
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Markaziy bank jismoniy shaxslarga kredit berishida tijorat banklariga qo‘yiladigan minimal talablarni yangiladi.

Yangi talablar tijorat banklari faoliyatini yanada shaffof va adolatli qilish, kredit berish jarayonida aholining ortiqcha qarz olishining oldini olish va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

2026 yil 29-yanvardan kuchga kiradigan talablar:
Banklarda yangi chek-list joriy etiladi u orqali mijozlar kredit olishdagi barcha tavakkalchilik va majburiyatlar haqida oldindan ma’lumot oladi.
Kredit to‘lovlarini kechiktirayotgan fuqarolar uchun shartnomani o‘zgartirish va yengillik berishning aniq tartibi belgilandi.
Tijorat banklari mijozlarni ularning so‘rovidan ortiq qarz olishga undamaydi.
Davlat nafaqalari hisobidan qarz undirmasligi haqidagi qoidalar kuchaytirildi.
Mijoz roziligisiz oldindan belgilangan shartlar yoki kredit parametrlarini kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Omonatlarni kafolatlash tizimi haqida mijozlarga aniq va standart ma’lumot berish majburiyati joriy etiladi.
To‘liq hujjat bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.