TOShKENT, 29 okt – Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida mehnat migrantlarining umumiy soni 2024-yil yakuniga ko‘ra 1,1 million kishini tashkil etdi.
YeIK ma’lumotlariga ko‘ra, mehnat migrantlarining tarmoqlar bo‘yicha bandlik tarkibi quyidagicha:
qurilish sohasida — 21 foiz;
savdo sohasida — 14 foiz;
qayta ishlash sanoatida — 6,9 foiz;
tashish va saqlash sohalarida — 7,8 foiz.
Osnovnie pokazateli v sfere trudovoy migratsii v YeAES
© press-slujba YeIK
Shu bilan birga, 2025-yil aprel oyi yakuniga kelib, YeOII mamlakatlarida ishsizlikning o‘rtacha darajasi 0,7 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichga muvofiq, 693,7 ming nafar shaxs ishsiz sifatida qayd etilgan.
2024 yilning shu davriga nisbatan ishsizlik darajasining 13,5 foizga kamaygani mintaqada mehnat bozorining tiklanishi va ishbilarmonlik faolligining oshib borayotganidan dalolat beradi.