TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Toshkent shahrida issiq suv va issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tariflar 15 foizga oshirildi. Shahar hokimining tegishli qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, “Veolia Energy Tashkent” MChJ tomonidan ko‘rsatiladigan markazlashgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun yangi tariflar quyidagicha belgilandi:
aholi uchun QQSsiz: 139 860 so‘m/Gkal (+15%);
budjet tashkilotlari uchun QQSsiz: 952 797 so‘m/Gkal (+18,8%);
boshqa ulgurji xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun QQSsiz: 342 296 so‘m/Gkal (+40%);
bazaviy tarif QQSsiz: 711 641 so‘m/Gkal (7%).
Bu narxlar xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi tomonidan 22-avgustda ma’qullangan edi.