Matbuot markazi

Rossiya va O‘zbekiston biznes hamkorligi rivojlanishi muhokama qilindi - video

Videoko‘prik muloqoti chog‘ida Moskva viloyatida bo‘lib o‘tgan Rossiya va O‘zbekiston hududlari kengashining ikkinchi yig‘ilishi yakunlari sarhisob qilinmoqda.
Sputnik
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida “Rossiya – O‘zbekiston: biznes hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish yo‘llari” mavzusida Moskva – Toshkent videoko‘prik muloqoti o‘tkazilmoqda.
Moskvadagi ishtirokchi:
Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligining MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Aleksey Mixaylov.
Toshkentdagi ishtirokchilar:
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov;
O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi departament boshlig‘i Ervin Turg‘unov.
21-22 oktabr kunlari Moskva viloyatida Rossiya va O‘zbekiston hududlari kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida bu yig‘ilish yakunlari sarhisob qilinadi hamda ikki tomonlama hamkorlikning quyidagi asosiy yo‘nalishlari borasida fikr almashinadi;
- elektron savdoni rivojlantirish;
- sanoat sohasiga investitsiyalar;
- transport va logistika sohasida harakatlarni muvofiqlashtirish;
- energetika loyihalarini amalga oshirish;
- qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik.