TOShKENT, 28 okt – Sputnik. O‘zbekistonda xalqaro va mahalliy yo‘nalishdagi parvozlar sonini 2030-yilgacha 200 mingtaga yetkazish fuqaro aviatsiyasi sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi.
Mazkur ko‘rsatkichlar 27-oktabrda qabul qilingan yangi 193-sonli prezident farmonida belgilangan.
Shuningdek, asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar qatorida quyidagilar nazarda tutilgan:
havo transportida xizmat ko‘rsatilgan yo‘lovchilar sonini 24 million nafarga yetkazish
O‘zbekiston rezident aviakompaniyalari havo kemalari parkini 180 taga yetkazish
Shuningdek, fuqaro aviatsiyasi sohasida moliyaviy mustaqillikni ta’minlash maqsadida 2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zaviatsiya agentligini saqlash uchun davlat budjetidan ajratmalar bekor qilinadi.
2025 yil yakuni va kelgusi yillar uchun “O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK sof foydasidan Fuqaro aviatsiyasi agentligini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan 20 foiz ajratma bekor qilinadi.