TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Koreya Xalk Demokratik Respublikasi (KXDR) tashqi ishlar vaziri Soy Son Xi Rossiyaning Ukrainadagi mojaroning dastlabki sabablarini bartaraf etish istagini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar qildi.
Soy Son Xi bu qo‘llovni 27-oktabr kuni rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashuvda bildirgan.
“KXDR Rossiya tomoni maxsus harbiy operatsiyaning strategik maqsadlariga erishish uchun va Ukrainadagi mojaroning asosiy sabablarini bataraf etish uchun ko‘rayotgan choralarini qo‘llab-quvvatladi va o‘zgarmas birdamligini bildirdi”, - deyilgan xabarda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin inqiroz G‘arb Ukrainada sodir etgan davlat to‘ntarilishi natijasida yuzaga kelganini ta’kidlagan. G‘arbning doimiy ravishda Kiyevni NATOga tortishga bo‘lgan urinishlari Ukraina mojarosining asosiy sabablaridan biridir.
Rossiya prezidenti maxsus operatsiya maqsadlari sifatida, jumladan, quyidagilarni sanab o‘tgan: Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish, uning betaraf maqomi hamda yerda yuzaga kelgan voqelikni tan olish.