Yaponiya Samarqand yaqinida 1,4 mlrd dollarlik quyosh energetikasi loyihasini amalga oshiradi

Ma’lum qilinishicha, yangi stansiyalar quvvati 1000 MVtni tashkil etadi.
Sputnik
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) xususiy kompaniyalar bilan birgalikda O‘zbekistonda quyosh elektr stansiyalari va energiya saqlash batareyalarini birlashtirgan majmua qurilishiga qariyb 1,45 milliard dollar sarmoya kiritadi. Bu haqda "Nikkei Asia" portali xabar berdi, deya yozadi RIA Novosti.
Qayd etilishicha, yangi stansiyalar quvvati 1000 MVtni tashkil etib, mamlakatda qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik loyihaga aylanadi. Inshootlar Samarqand shahri yaqinida barpo etiladi.

Loyihada JBIC bilan birga Saudiyaning "ACWA Power" kompaniyasi, Yaponiyaning "Sumitomo Mitsui" va "Norinchukin Bank" banklari hamda energetika kompaniyalari qatnashmoqda.

Avvalroq mamlakat Toshkentda yangi xalqaro aeroport qurilishiga qariyb 1 milliard dollar sarmoya yo‘naltirayotgani, shuningdek, sentabrda Yaponiya kompaniyalari vakillari — "Sumitomo Corporation", "Toyota" va "Mitsubishi" bilan hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilingani ma’lum qilingan edi.
Saudiya kompaniyasi Samarqandda gaz-porshenli IES quradi