TOShKENT, 27 okt – Sputnik. O‘zbekistonning NOVA24 nashri va uning bosh muharriri Daniil Listvin Moskvada bo‘lib o‘tgan xorijiy jurnalistlar va blogerlar uchun "Chestniy vzglyad" (“Adolatli nigoh”) IV xalqaro media mukofoti g‘oliblaridan biri bo‘ldi.
Daniil Listvin “Rossiya haqidagi yosh jurnalistlarning eng yaxshi materiali” nominatsiyasida respublikada birinchi yadro reaktori qurilishi boshlangani haqidagi reportaji uchun taqdirlandi.
Tanlovda dunyoning 75 ta mamlakati jurnalist va blogerlari ishtirok etib, jami 821 ta material “vijdonli jurnalistika” unvoni uchun kurash olib bordi.
Boshqa nominatsiyalardagi g‘olib va sovrindorlar quyidagilar:
Sorbon Oqilshoyev (Tojikiston) — “Ipak yo‘lidagi rus so‘zi” nominatsiyasi
Daulet Kusheyev (Qozog‘iston) — 83 yoshli ayol haqidagi reportaji uchun;
Mirbek Moldakunov (Qirg‘iziston) — Ulug‘ Vatan urushiga bag‘ishlangan asarlar orqali madaniy aloqalarni yoritgani uchun;
Givi Peykrishvili (Gruziya) — 98 yoshli urush faxriysi haqidagi reportaji uchun;
Taras Gagnidze — tarixiy xotira va ta’limning milliy o‘zlikka ta’siri haqidagi tadqiqotlari uchun;
Alena Kotayeva (Janubiy Osetiya) — rus tili va madaniyatini saqlash borasidagi materiallari uchun;
Viktor Skripnichenko (Qozog‘iston) — front oldi hayot haqidagi reportaji uchun;
Samvel Aleksanyan (Armaniston) — ikki mamlakat tarixi va madaniyati haqidagi materiallari uchun.