TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Rossiya qo‘shinlari o‘tgan kun davomida yana uchta qishloqni ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
“Sharq” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Dnepropetrovsk viloyatidagi Yegorovka hamda Zaporojye viloyatidagi Novonikolayevka va Privolnoe aholi punktlarini ozod qildi”, - deyilgan xabarda.
Rossiya harbiylari dushman mudofaasining ichkarisigacha kirib borishga muvaffaq bo‘lgan.