TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida “Rossiya – O‘zbekiston: biznes hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish yo‘llari” mavzusida Moskva – Toshkent videoko‘prik muloqoti o‘tkaziladi.
Tadbir 28-noyabr kuni soat Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da boshlanadi.
Moskvadagi ishtirokchi:
Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligining MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Aleksey Mixaylov.
Toshkentdagi ishtirokchilar:
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov;
O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi departament boshlig‘i Ervin Turg‘unov.
21-22 oktabr kunlari Moskva viloyatida Rossiya va O‘zbekiston hududlari kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida bu yig‘ilish yakunlari sarhisob qilinadi hamda ikki tomonlama hamkorlikning quyidagi asosiy yo‘nalishlari borasida fikr almashinadi;
- elektron savdoni rivojlantirish;
- sanoat sohasiga investitsiyalar;
- transport va logistika sohasida harakatlarni muvofiqlashtirish;
- energetika loyihalarini amalga oshirish;
- qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik.
Tadbirga jurnalistlar taklif etiladi. Quyidagi aloqalar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin:
Telefon: +998971907178
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.