NYT: Putin “Burevestnik” raketasi bayonoti bilan G‘arbga signal yo‘lladi

Rossiya yetakchisi “Burevestnik”ni ehtimoliy qo‘llash imkoniyatlarini belgilash va uni joylashtirish uchun infratuzilma hozirlashni buyurgan.
Sputnik
TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Burevestnik” raketasi sinovlari muvaffaqiyatli yakunlangani to‘g‘risidagi bayonot bilan G‘arbga sigral yo‘lladi, deya yozadi “New York Times” (NYT) gazetasi.
“Rossiya yadroviy o‘q-dori tashishga qodir o‘zining “Burevestnik” yadroviy raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi, va uni joylashtirishga tayyorlanmoqda, deya ma’lum qildi prezident Vladimir Putin. Bu G‘arbga keskin signal bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.
Maqola qurolning xususiyatlariga, xususan, uning boshqa raketalarga qaraganda, uzoqroq ucha olish qobiliyatiga e’tibor qaratilgan.
Putin: “Burevestnik” raketalari sinovlari yakunlandi