Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina mojarosini bir tunda hal etib bo‘lmaydi – Peskov

Rossiya prezidenti matbuot kotibining ta’kidlashicha, Ukraina mojarosi kabi vaziyatda shoshqaloqlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 26 okt – Sputnik. Ukraina mojarosi uning asosiy dastlabki sabablari bilan murakkab, uni bir tunda hal etib bo‘lmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Rossiya 1 telekanaliga” bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Trampning barcha keskin inqirozlarni, jumladan, Ukraina atrofidagi mojaroni hal etishga bo‘lgan samimiy istagi faqat ijobiy hissiyotlarni keltirib chiqaradi. Buni Rossiya rahbari Vladimir Putin ham bir necha marta ta’kidlagan.
“Biroq ba’zida bunday haddan tashqari shoshma-shosharlik, albatta, voqelik bilan keskin farq qiladi, shu bois Ukrainadagi kabi mojaro o‘zining asosiy dastlabki sabablari bilan shunchalik murakkabki, uni bir tunda hal qilib bo‘lmaydi”, - dedi Kreml vakili.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Maxsus harbiy operatsiya barcha maqsadlarga erishguncha davom ettiriladi – Peskov