Sputnik Ozarbayjon bosh muharriri Yevgeniy Belousov Moskvaga yetib keldi

Avvalroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova jurnalist Bokudan Moskvaga yo‘l olganini ma’lum qilgandi.
Sputnik
TOShKENT, 26 okt – Sputnik. Sputnik Ozarbayjon bosh muharriri Yevgeniy Belousov Bokuda ozod qilingandan keyin Moskvaga uchib keldi. Bu haqda uning o‘zi RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Diplomatlarimiz va Bokudagi elchixonamizga yordam va qo‘llov uchun tashakkur. O‘zimni yaxshi his qilyapman, uyga qaytganimdan xursandman”, - dedi Belousov.
Avvalroq bosh muharrir Bokudan uchib kelayotgani haqida Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qilgandi.
Eslatamiz, 20-oktabr kuni Sputnik Ozarbayjon tahririyati rahbari Igor Kartavix ham Bokuda hibsdan ozod bo‘lgandan keyin Moskvaga yetib kelgan edi.
Sputnik Ozarbayjon tahririyati rahbari ozod bo‘lgandan keyin Moskvaga yetib keldi