TOShKENT, 26 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin birlashgan qo‘shinlar guruhi boshqaruvi punktlaridan biriga tashrif buyurdi. Yig‘ilishda Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov davlat rahbariga frontdagi muvaffaqiyatlar haqida ma’lumot berdi.
Gerasimovning ma’lum qilishicha, “Markaz” guruhi dushmanni Krasnoarmeysk va Dimitrovo hududida qurshab olishni yakunlagan. U yerda Ukraina Qurolli kuchlarining 31 ta bataloni bor.
“G‘arb” kuchlari Kupanskni qurshab olgan, Oskol darosi orqali suzib o‘tishni o‘z qo‘liga olgan va dushman guruhining yo‘lini to‘sib qo‘ygan. Bu yo‘nalishlarda 10 mingdan ziyod ukrainalik harbiylar qurshovda.
Shuningdek, rossiyalik harbiylar Yampol uchun janglarni yakunlashmoqda, Volchansk esa 70 foizga ozod qilingan.
Dneproteprovsk va Zaporojye viloyatlaridagi hujum ham rivojlanmoqda.
O‘z navbatida, Putin Rossiya armiyasini Kupiyanskni qurshab olish muvaffaqiyatlari va boshqa yo‘nalishlardagi ijobiy natijalar bilan tabrikladi.