Putin: “Burevestnik” raketalari sinovlari yakunlandi

Rossiya Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov sinovlar vaqtida “Burevestnik” 14 ming kilometr masofani bosib o‘tganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 26 okt – Sputnik. “Burevestnik” masofasi chegaralanmagan qanotli raketa sinovlari yakunlandi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
Yadroviy energetika qurilmali “Burevestnik” qanotli raketalar – bu dunyoda hech kimda yo‘q bo‘lgan nodir mahsulot”, – deya ta’kidladi Rossiya rahbari.
Ma’lum qilinishicha, raketaning sinovlari bo‘yicha asosiy vazifalar yakunlangan.
Rossiya Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov Putinga 21-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan sinovlar vaqtida “Burevestnik” 14 ming kilometr masofani bosib o‘tganini ma’lum qildi va bu oxirgi chegara emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Burevestnik” raketaga qarshi mudofaa tizimlarini aylanib o‘tish imkoniyatini ko‘rsatgan.
Putin bu raketani jangovar navbatchilikka joylashtirish uchun katta ishlar oldinda ekanini qayd etdi. Uning xususiyatlari qo‘llashning muvaffaqiyatli ekanini tasdiqlagan. Shuningdek, bu yadroviy qurolni qaysi toifaga kiritishni aniqlash kerak.
Rossiya yetakchisi “Burevestnik”ni ehtimoliy qo‘llash imkoniyatlarini belgilash va uni joylashtirish uchun infratuzilma hozirlashni buyurdi.
Putin Rossiyaning yadroviy qalqoni o‘zining ishonchligini tasdiqlagani va Rossiya yadroviy kuchlari dunyodagi eng yuqori daraja turganini ta’kidladi.
Putin Rossiyaning yangi quroli paydo bo‘lishini e’lon qildi