Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

DXRda ko‘proq xorijlik yollanma askarlar yo‘q qilinmoqda – rossiyalik jangchi

Halok bo‘lgan Ukraina armiyasi jangarilari orasida afroamerikaliklar va Lotin Amerikasi fuqarolari uchramoqda.
Sputnik
TOShKENT, 26 okt – Sputnik. Donesk Xalq Respublikasining (DXR) Konstantinovka yo‘nalishida yo‘q qilingan Ukraina Qurolli kuchlari jangarilarining aksariyati xorijlik yollanma askarlar. Bu haqda RIA Novostiga chaqiruv belgisi “Orin” bo‘lgan rossiyalik harbiy ma’lum qildi.

“Xorijliklar, ehtimol, 60 foiz aniq bo‘ladi. Chunki ukrainlar tugab bormoqda”, - dedi jangchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lgan Ukraina armiyasi jangarilari orasida afroamerikaliklar va Lotin Amerikasi fuqarolari uchraydi. Ular ko‘proq Kolumbiyadan bo‘lsa kerak.
Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev rejimi xorijlik yollanmalardan “to‘p yemi” sifatida foydalanayotganini bir necha marta takrorlagan, rossiya harbiylari esa ularni butun front chizig‘i bo‘ylab yo‘q qilishda davom etishmoqda.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukrainada bir guruh arab yollanmalar yo‘q qilindi