Qo‘shimcha ta’lim: bolalar va kattalar uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi

Yangi qonunga muvofiq, bolalar va kattalar uchun qo‘shimcha ta’lim imkoniyatlari kengaytilib, turli yo‘nalishlarda ta’lim olish sharoiti yaratiladi.
Sputnik
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. O‘zbekistonda bolalar va kattalarning qo‘shimcha ta’lim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Bu haqda qabul qilingan qonun bilan tegishli hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Hujjatga ko‘ra, qo‘shimcha ta’lim quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi:
bolalar uchun qo‘shimcha ta’limni;
katta yoshdagilar uchun qo‘shimcha ta’limni.
Bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirish, ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida amalga oshiriladi.
Bunda davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.
Katta yoshdagilar uchun qo‘shimcha ta’lim ularning ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish, qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarni egallashiga ko‘maklashish uchun tashkil etiladi.
Yoshlarga xorijiy til o‘qish xarajatlari qisman qoplab beriladi