TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Rossiya bo‘linmalari Xarkov viloyatining Bologovka, Dnepropetrovsk viloyatining Pershotravnevoe va Donesk Xalq Respublikasining Promin aholi punktlarini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, “Markaz” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol va qat’iy harakatlar natijasida Donesk Xalq Respublikasining Promin aholi punktini to‘liq nazoratga oldi.
Shuningdek, Xarkov yo‘nalishida olib borilgan faol harakatlar natijasida Bologovka aholi punkti ham ozod etilgan.
“Xarkov yo‘nalishida faol harakatlar natijasida Xarkov viloyatining Bologovka aholi punkti ozod qilindi”, — deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, Rossiya jangchilari Dnepropetrovsk viloyatida joylashgan Pershotravnevoe aholi punktini ozod qildi.
“Keskin janglar natijasida janubiy yo‘nalishda faoliyat yuritgan jangchilar dushmanning to‘rt kilometrdan ortiq mudofaa chizig‘ini nazoratga oldi”, — deyiladi xabarda.