TOShKENT, 24 okt – Sputnik. “Rossiya segodnya” xalqaro multimedia matbuot markazida "Rossiya va MDH xalqlari" xalqaro festivalini o‘tkazishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Tadbir 29-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.
Ishtirokchilar:
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Aleksey ShEVSOV;
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail GALUZIN;
Rossiya Millatlar ishlari bo‘yicha federal agentligi rahbari o‘rinbosari Stanislav BEDKIN;
Rossiya Madaniyat vazirligi Kinematografiya va raqamli rivojlanish departamenti direktori Anna YaRINA;
Rossiya geografiya jamiyati ijrochi direktorining birinchi o‘rinbosari Sergey KORLIXANOV;
"Gazprom-Media Xolding" AJ bosh direktori o‘rinbosari Boris XANChALYaN;
Rossiyaning "Znanie" ("Bilim") jamiyatining rivojlanish bo‘yicha bosh direktori o‘rinbosari Irina KARIX.
Moderator - Rossiya Xavfsizlik Kengashi apparati matbuot xizmati rahbari Vladimir ZAYNETDINOV.
31 oktabrdan 5-noyabrgacha Moskvada birinchi marta 4-noyabrda nishonlanadigan Xalq birdamligi kuniga bag‘ishlangan "Rossiya va MDH xalqlari" xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi. Tadbir ishbilarmonlik, ma’rifiy va madaniy dasturlar, turli yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rgazmalar va mahorat darslarini birlashtiradi.
Festival Rossiya Xavfsizlik kengashi apparati, Prezident administratsiyasi va Tashqi ishlar vazirligi muvofiqlashtiruvi ostida Millatlar ishlari bo‘yicha federal agentlik tomonidan Madaniyat vazirligi, Rossotrudnichestvo, Moskva hukumati, Rossiyaning "Bilim" jamiyati, Rossiya geografik jamiyati va boshqa tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi.
Anjumanga jurnalistlar taklif etiladi:
Telefon: +998971907178
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.