TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning mamlakatga qarshi yangi sanksiyalariga munosabat bildirdi, amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan uchrashuvi qoldirilgani borasida fikr bildirdi va “Tomahawk” raketalari bilan Rossiya hududiga ehtimoliy zarba berilgan taqdirda “esankiratib qo‘yadigan” javob haqida ogohlantirdi.
Asosiy bayonotlar
Hoynahoy, gap uchrashuvni ko‘chirish haqida borapti, dedi Putin Trampning sammit bekor qilingani haqidagi bayonotiga munosabat bildirayotib.
Rossiyaga qarshi yangi saknsiyalar mamlakatning iqtisodiy vaziyatiga unchalik ta’sir qilmaydi. Rossiya energetikasi o‘zini ishonchli his qilmoqda, garchi muayan yo‘qotishlar bo‘lsa-da.
AQSh sanksiyalari – Rossiyaga bosim o‘tkazishga urinish. Kiyevga “Tomahawk” raketalarini yetkazib berish imkoniyati haqidagi suhbatlar – mojaroni avj oldirishga urinish.
“Tomahawk” raketalari bilan Rossiya hududlari bo‘ylab zarba berilgan taqdirda Rossiyaning javobi “jiddiy bo‘ladi, agar esankiratib qo‘yadigan demasa”.
Rossiyaning dunyo energetika muvozanatiga qo‘shayotgan hissasi sezilarli. Putin yangi sanksiyalar dunyo energetika bozoriga ta’sir qilmasligiga umid bildirdi.
Rossiya va AQShning harmkorlik uchun ko‘plab yo‘nalishlari bor, agar mamlakatlar bosimdan jiddiy muloqot istiqboliga o‘tsa. Rossiya hamisha muloqotni davom ettirishni qo‘llab-quvvatlagan.
Eslatamiz, AQSh Moliya vazirligi Rossiyaning "Rosneft" va "Lukoyl" kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Bunga “Moskvaning Ukrainadagi mojaroni hal etish istagi yo‘qligi” sabab deb izoh berildi.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQShning yangi sanksiyalari samarasiz ekani va Rossiyada G‘arb sanksiyalariga qarshi barqaror immunitet shakllanganini ma’lum qildi.