TOShKENT, 24 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Brussel shahriga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Belgiya poytaxtining xalqaro aeroportida davlat rahbarini Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Mirziyoyev Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan muzokaralar hamda Belgiyaliklar qiroli Filipp bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Davlat rahbari O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimida ishtirok etadi.
Tashrif doirasida Yevropaning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalarining vakillari bilan davra suhbati o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.