O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda xalqaro yuk tashish masalalari muhokama qilindi

Tadbir davomida Yevroosiyo transport yo‘laklarini rivojlantirishning kompleks rejasini amalga oshirish jarayoni ham ko‘rib chiqildi.
Sputnik
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Transport siyosati va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) xalqaro yuk tashish bilan bog‘liq vaziyat Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) transport va infratuzilma bo‘yicha maslahat qo‘mitasi yig‘ilishida muhokama qilindi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Unda YeOII mamlakatlari vakolatli organlari, jamoat tashkilotlari, tarmoq uyushmalari vakillari, ekspertlar hamda YeOII huzurida kuzatuvchi bo‘lgan Eron va Kubadan vakillar ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari xalqaro avtomobil yuklarini tashiydigan Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan bo‘lgan haydovchilarning Rossiya hududida vaqtincha qolish muddati qisqartirilgani bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilishdi.
Yig‘ilishda hozirgi vaqtda vaziyatni hal qilish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilayotgani qayd etildi.
Shuningdek, tadbir davomida Yevroosiyo transport yo‘laklarini rivojlantirishning kompleks rejasini amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi: maqsadli indikatorlar (ko‘rsatkichlar), Yevroosiyo transport yo‘laklari (yo‘nalishlari) pasportlari va ularga qo‘yiladigan minimal talablar loyihalari kelishib olindi.
Ushbu hujjatlar transport sohasidagi vakolatli organlar rahbarlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.
Kelgusida uchinchi mamlakatlar ishtirokida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan infratuzilma loyihalarni shakllantirish rejalashtirilgan. Bunday shakllantirish algoritmi qo‘shimcha ravishda ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston va YeOII
Rossiyada YeOII mamlakatlari haydovchilari uchun bo‘lish cheklovlari olib tashlanishi mumkin