TOShKENT, 24 okt – Sputnik. O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Belarus Davlat ekologik ekspertizasi, kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash respublika markazi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
Ushbu markaz Belarus Tabiat resurslari va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi huzuridagi davlat ta’lim muassasasi sifatida faoliyat yuritadi.
Hujjat ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, ekologik ekspertiza sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan.
Memorandum ekologik ekspertiza va atrof-muhitga ta’sirni baholash jarayonlarini takomillashtirish, o‘quv dasturlarini rivojlantirish, mutaxassislar malakasini oshirish, zamonaviy raqamli yechimlar va innovatsion yondashuvlarni joriy etishni nazarda tutadi.
Uzbekistan i Belarus podpisali Memorandum o sotrudnichestve v oblasti ekologii
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata
Hujjat doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, xalqaro ekologik tashabbuslarda ishtirok etish, axborot va tajriba almashish, konferensiyalar hamda malaka oshirish dasturlarini tashkil etish rejalashtirilgan.