TOShKENT, 23 okt – Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining ikkinchi yig‘ilishi doirasida ikki mamlakat orasida 30 tadan ortiq hujjatlar imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Imzolangan hujjatlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-texnikaviy va innovatsion aloqalarni kengaytirish, shuningdek, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Shuningdek, yig‘ilishda hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zaro aloqalar hamda madaniy-gumanitar sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Ayniqsa, elektron savdoni rivojlantirish, qo‘shma sanoat korxonalari tashkil etish, ulgurji-taqsimot markazlarini yaratish, shuningdek, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash uchun dual ta’lim tizimini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.