MDH razvedka idoralari hamkorlikda beshta teraktning oldini oldi – DXX

O‘zbekiston o‘z tajribasi bilan faol baham ko‘rishga va qo‘shma tashabbuslarda ishtirok etishga tayyor.
Sputnik
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. MDH razvedka xizmatlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida 2025-yilda beshta teraktning oldi olindi. Bu haqda O‘zbekiston DXX raisining birinchi o‘rinbosari Botir Tursunov Dushenbedagi MDH terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha uchinchi konferensiyasida ma’lum qildi. Bu haqda TASS muxbiri xabar qilmoqda.
“Birgalikda olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida 2025-yilda beshta teraktning oldi olindi", - dei Tursunov.
U shuningdek, MDH xavfsizlik idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, terrorchilik faoliyatiga aloqador shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar almashinuvi muhimligini ta’kidladi.
"O‘zbekiston bundan keyin ham o‘z tajribasini faol baham ko‘rishga, o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga va hamkorlik doirasidagi qo‘shma tashabbuslarda ishtirok etishga tayyor. Ishonchim komilki, MDH doirasidagi konstruktiv muloqot bizning umumiy makonimizda jamoaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga muhim hissa qo‘shadi", - dedi Tursunov.
Yaqinda Samarqandda bo‘lib o‘tgan MDH razvedka va xavfsizlik xizmatlari rahbarlari kengashida Rossiya FXX raisi Bortnikov xalqaro terrorchilik MDH davlatlari uchun asosiy tahdid bo‘lib qolayotganini aytib o‘tgan edi.
Xalqaro terrorizm MDH uchun asosiy tahdid bo‘lib qolmoqda – Bortnikov