Unda butun dunyodan avtomobil, butlovchi qismlar va uskuna ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, dilerlar, servis markazlari va logistika kompaniyalari ishtirok etmoqda.
Ishtirokchilar avtomobil bozorining barcha yo‘nalishlari uchun – ehtiyot qismlar va butlovchi qismlardan tortib, sanoatni texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, sozlash va raqamlashtirish texnologiyalarigacha bo‘lgan ilg‘or yechimlarni taqdim etmoqda.
Ko‘rgazma tajriba almashish, ishbilarmonlik uchrashuvlari va mintaqadagi avtomobil sanoati kelajagini belgilovchi innovatsiyalar taqdimoti uchun asosiy platformaga aylandi.
“Avtoretro UZ” klubi a’zosi Rustam Ataxanov aytishiga ko‘ra, klub eski avtomobillarni ta’mirlash va tiklash bilan shug‘ullanadi va shaharda o‘tkaziladigan ko‘plab tadbirlarda faol ishtirok etadi.
“Avtoretro UZ” klubi a’zosi Rustam Ataxanov aytishiga ko‘ra, klub eski avtomobillarni ta’mirlash va tiklash bilan shug‘ullanadi va shaharda o‘tkaziladigan ko‘plab tadbirlarda faol ishtirok etadi.
"Klubimizning asosiy maqsadi — yoshlarni retro texnikaga qiziqtirish, mexanika va restavratsiya sirlariga o‘rgatish hamda antikvar avtomobillarni kelajak avlodlar uchun asrab qolishdir", - deydi Ataxanov.
Rustam Ataxanov Automechanika Tashkent 2025 ko‘rgazmasida 1960-yilda ishlab chiqarilgan lyuks GAZ-21 “Volga”, va ko‘k rangli “Moskvich IJ-412” avtomobillari bilan ishtirok etmoqda.
Sputnik fototasmasida Automechanika Tashkent 2025 ko‘rgazmasi fototo‘plamini tomosha qiling.