Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari Dnepropetrovsk va Zaporojye viloyatlaridagi ikki qishloqni ozod qildi

Rossiya Qurolli kuchlarining "Markaz" va "Sharq" qo‘shinlari maxsus harbiy operatsiya hududidagi ikkita qishloqni ozod qildi.
Sputnik
TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Rossiya harbiylari Dnepropetrovsk viloyatidagi Ivanovka va Zaporojye viloyatidagi Pavlovka qishloqlarini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Markaz qo‘shinlari guruhining bo‘linmalari qat’iy harakatlar natijasida Dnepropetrovsk viloyatining Ivanovka aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
Xabarda qayd etilishicha, “Sharq” (Vostok) qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Ukraina armiyasi mudofaasi ichkarisiga kirishni davom ettirib, Zaporojye viloyatining Pavlovka aholi punktini ham ozod qilgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya armiyasi Zaporojye viloyatidagi Poltavka va DXRdagi Chunishinoni ozod qildi