“O‘zekspomarkaz”da HoReCa Expo Uzbekistan 2025 xalqaro ko‘rgazmasi boshlandi. Unda 100 tadan ortiq kompaniya, 67 nafar xalqaro ekspert va spikerlar ishtirok etib, mehmonxona va restoranlar uchun energiya tejovchi ekologik va raqamli texnologiyalarni taqdim etishmoqda.
"Biz 10-yildan beri O‘zbekiston bozoridamiz. Biz yirik savdo tarmoqlarida mavjudmiz. Shuningdek, O‘zbekistonning nufuzli mehmonxonalari bilan ham hamkorlik qilamiz. Zavodimiz Rossiyada joylashgan, ammo bir yil oldin bu yerda, O‘zbekistonda o‘z zavodimizni ochdik" , - deydi Rossiyaning "Grass" kompaniyasining mintaqaviy direktori Anna Grishina.
Ko‘rgazma doirasida gastronomik muhokamalar va B2B uchrashuvlar tashkil etilgan.