Samarqandda beshta davlat harbiylari ishtirokidagi "Birlik-2025" mashg‘ulotlari yakunlandi

Dastlabki bosqichda uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida shartli dushman joylashgan hududni o‘rganish va razvedka ishlari amalga oshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 22 okt – Sputnik. O‘zbekistonda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjon harbiylari ishtirokidagi "Birlik-2025" mashg‘ulotlari yakunlandi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Beshta mamlakat Mudofaa vazirligi bo‘linmalari ishtirokidagi o‘quvlar Markaziy harbiy okrugining "Kattaqo‘rg‘on" poligonida bo‘lib o‘tdi. 21-oktabr kuni bu mashg‘ulotlarning asosiy faol fazasi o‘z yakuniga yetgan.
1 / 5
2 / 5
3 / 5
4 / 5
5 / 5
Qayd etilishicha, mashg‘ulotlar davomida birgalikda bir-biridan murakkab va o‘ta mashaqqatli vazifalar bajarilgan. Komandirlar qabul qilgan qarorlar dastlab modellashtirish va simulyatsiya vositalarida ko‘rib chiqilgan va eng maqbul variantlar amaliyotga joriy etilgan.
Birgalikdagi amaliy mashg‘ulotlar bir vaqtning o‘zida bir nechta hududlarda o‘tkazildi. Birgalikdagi taktik harakatlar 20 tadan ortiq o‘quv joylarida olib borildi. Dastlabki bosqichda uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida shartli dushman joylashgan hududni o‘rganish va razvedka ishlari amalga oshirildi.
V Uzbekistane zavershilis voyennie ucheniya “Birlik-2025”.
Keyinchalik shahar sharoitida noqonuniy qurollangan guruhlarni qo‘lga olish hamda yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiya tashkil etildi. Shu bilan bir vaqtda bo‘linmalar tomonidan belgilangan nishonlarga aniq zarbalar berildi.
V Uzbekistane zavershilis voyennie ucheniya “Birlik-2025”.
Shuningdek, guruhlarni amaliy qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatma-navbat artilleriya va aviatsiya zarbalari berib turildi. Xususan, O‘zbekiston va Qozog‘iston havo kuchlariga qarashli qiruvchi samolyotlar va jangovar vertolotlar shartli dushmanning muhim obyektlarini mo‘ljalga oldi.
O‘quvlarni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Shuhrat Xalmuhamedov boshchiligidagi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston hamda Ozarbayjon mudofaa vazirlari bevosita kuzatib bordi.
V Uzbekistane zavershilis voyennie ucheniya “Birlik-2025”.
Yakunda "Birlik-2025" mintaqaviy birgalikdagi o‘quvida faol qatnashgan harbiy xizmatchilar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
V Uzbekistane zavershilis voyennie ucheniya “Birlik-2025”.
"Mazkur mashg‘ulotlar tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, xalqaro terrorizm, ekstremizm kabi global tahdidlarga qarshi kurashish, hamkorlikda aksilterror operatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro ilg‘or tajribalarni almashish va mustahkamlash imkonini berdi", — deyiladi xabarda.
“Birlik — 2025”: mintaqaviy o‘quvlar muvaffaqiyatli o‘tmoqda