Rossiya kompaniyasi Namangan viloyatida 50 mln dollarlik to‘qimachilik fabrikasi quradi

Yangi to‘qimachilik fabrikasi ishga tushishi viloyatda 1,5 mingta yangi ish o‘rni yaratadi.
Sputnik
TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiya “OTK Proizvodstvo” kompaniyasi rahbari Artur Arakelyan bilan uchrashuvda To‘raqo‘rg‘on tumanida yirik to‘qimachilik fabrikasi qurilishi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Uchrashuv delegatsiyaning Rossiyaning Ivanovo viloyatiga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Avvalroq “OTK Proizvodstvo” kompaniyasi “Runamtex” brendi ostida ikkita to‘qimachilik korxonasini tashkil etish uchun 40 million dollar sarmoya kiritgan edi. Bu fabrikalar muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, har oyda 2–3 million dollarlik mahsulot eksport qilmoqda.
Yangi loyiha doirasida 50 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Uchinchi fabrika qurilishi yakunlangach, viloyatda 1,5 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi, yillik eksport hajmi esa 35–40 million dollarga yetishi kutilmoqda.
Rossiya va O‘zbekiston hududlari yangi savdo va ilmiy hamkorlik kelishuvlarini tuzdi