TOShKENT, 21 okt – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan mojaroda Ukrainaning g‘alaba qozonish qobiliyatiga ishonmasligini ma’lum qildi.
“Ular haliyam yutishlari mumkin. Men bu sodir bo‘ladi deb o‘ylamayman, biroq mumkin”, - dedi AQSh rahbari. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Tramp Oq uyda jurnalistlarning Moskva bilan mojaroda Kiyev g‘alabasining imkoniyati haqidagi savoliga shunday javob berdi.
Oq uy rahbarining qo‘shimcha qilishicha, AQSh qurolli to‘qnashuvni hal etish to‘g‘risida kelishuvga erishishga harakat qilmoqda.
“Agar unga erishilsa – bu ajoyib. Agar erishilmasa – ko‘plab katta badal to‘laydi”, - dedi Tramp.
Biroq Amerika yetakchisi bunday holatda u aytgan oqibatlarga kimga tegishli bo‘lishini ochiqlamadi.