Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Vengriyadagi Rossiya-AQSh sammitiga tayyorgarlik ketmoqda – Rabkov

Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp Ukraina mojarosini hal qilish uchun Vengriyada uchrashishga kelishib olgan.
Sputnik
TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Vengriyada bo‘lib o‘tadigan Rossiya va AQSh sammitiga tayyorgarlik ketmoqda. Bu haqda Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Rabkov ma’lum qildi.

“Tayyorgarlik ketmoqda”, - dedi u tegishli savolga javob berayotib.

Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp 16-oktabr kuni telefon orqali muloqot qildi. Suhbatdan so‘ng Tramp rossiyalik hamkasbi bilan Vengriyada uchrashishini ma’lum qildi. Muzokaralarda Ukraina mojarosini hal qilish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Politico: Putin bilan suhbat Trampning Ukraina mojarosi bo‘yicha fikrini o‘zgartirdi