Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Lavrov: maxsus harbiy operatsiya o‘z maqsadlariga erishadi

Rossiya tashqi ishlar vaziri harbiy operatsiya muvaffaqiyatli yakunlanishini bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyaning oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘li bilan muvaffaqiyatli yakunlanishi hech qanday shubha tug‘dirmaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
“Maxsus harbiy operatsiya o‘z maqsadlariga erishadi. Shubhasiz, bu jarayoni muvaffaqiyatli yakunlanadi”, - dedi Rossiya TIV rahbari efiopiyalik hamkasbi bilan muzokaralar bo‘yicha matbuot anjumanida.
Moskva Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya barcha maqsadlarga erishilganda yakunlanishini bir necha bor ta’kidlagan. Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov qayd etganidek, bu maqsadlarga maxsus harbiy operatsiya yakuni sifatida erishish yoki tegishli muzokaralar yakuni sifatida erishish mumkin.
Rossiya prezidenti maxsus operatsiya maqsadlari sifatida, jumladan, quyidagilarni sanab o‘tgan: Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish, uning betaraf maqomi hamda yerda yuzaga kelgan voqelikni tan olish.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Tramp Ukraina g‘alabasiga ishonmasligini ma’lum qildi