O‘zbekiston kurashchilari Osiyo yoshlar o‘yinlarida 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo yoshlar o‘yinlarini g‘alaba bilan boshladi — kurashchilar Otabek Yo‘ldoshboyev va Durdona Tursunova finalda oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.
Sputnik
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Bahrayn-2025 III Osiyo yoshlar o‘yinlarini muvaffaqiyatli boshladi — kurash dasturida ishtirok etayotgan Otabek Yo‘ldoshboyev (-65 kg) va Durdona Tursunova (-70 kg) oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Tursunova finalda Qirg‘iz Respublikasi, Yo‘ldoshboyev esa Eron vakilini ishonchli hisoblarda mag‘lub etdi.
Delegatsiya Uzbekistana nachala Baxreyn-2025 s zolota
Eslatib o‘tamiz, III Osiyo yoshlar o‘yinlari 2025-yil 20-oktabrdan 2-noyabrgacha Bahraynda bo‘lib o‘tmoqda va unda Osiyoning 40 tadan ortiq mamlakati sportchilari 20 tadan ziyod yo‘nalish bo‘yicha bellashmoqda.
Delegatsiya Uzbekistana nachala Baxreyn-2025 s zolota
O‘zbekiston milliy yakkakurash bo‘yicha Butunjahon o‘yinlarida ikkinchi o‘rinni egalladi