Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainadagi mojaro Kiyev hududlarini yo‘qotishi bilan yakunlanadi – Tramp

Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putin albatta nimanidir oladi.
Sputnik
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Mojaroni hal qilishda Ukraina hududlarining bir qismini qo‘ldan boy beradi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

“U (Rossiya prezidenti Vladimir Putin) nimanidir oladi, ular axir jang qilishdi”, - dedi Tramp “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida.

Moskva Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya barcha maqsadlarga erishilganda yakunlanishini bir necha bor ta’kidlagan. Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov qayd etganidek, bu maqsadlarga maxsus harbiy operatsiya yakuni sifatida erishish yoki tegishli muzokaralar yakuni sifatida erishish mumkin.
Rossiya prezidenti maxsus operatsiya maqsadlari sifatida, jumladan, quyidagilarni sanab o‘tgan: Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish, uning betaraf maqomi hamda yerda yuzaga kelgan voqelikni tan olish.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Maxsus harbiy operatsiya barcha maqsadlarga erishguncha davom ettiriladi – Peskov