TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Sputnik Ozarbayjon rahbari Igor Kartavix Bokuda hibsdan ozod bo‘lgandan keyin Moskvaga yetib keldi. Bu haqda uning o‘zi RIA Novostiga ma’lum qildi.
“O‘zimni yaxshi his qilyapman, uyga qaytganimdan xursandman”, - dedi Kartavix Moskvaga qaytgach.
O‘tgan hafta “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi bosh direktori Dmitriy Kiselov Sputnik Ozarbayjon tahririyati rahbari Igor Kartavixga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi uy qamog‘iga o‘zgartirilganini ma’lum qilgandi.