Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Peskov: Rossiya va AQSh Ukraina mojarosini muzlatish masalasini bir necha bor muhokama qilgan

Peskovning ta’kidlashicha, Rossiyaning bu boradagi pozitsiyasi izchil va o‘zgarmas.
Sputnik
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Moskva va Vashington o‘rtasidagi muloqotlar davomida Rossiya va Ukraina mojarosini muzlatish masalasi bir necha bor muhokama qilingan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar berdi.
U bu haqda xorijiy OAV xabarlariga izoh bergan paytda ma’lum qildi.
“Bu mavzu haqida turli bayonotlar bo‘lgan, u Rossiya–Amerika aloqalari doirasida bir necha marta muhokama qilingan”, — dedi Peskov.
Peskov ta’kidlashicha, Rossiyaning pozitsiyasi bu masalada izchil va o‘zgarmagan. Moskva har safar Ukraina bilan mojaroni to‘xtatish ehtimoli haqidagi savollarga aniq javob berib kelgan.
“Rossiya Federatsiyasining pozitsiyasi doimo bir xil — u o‘zgarmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi Kreml vakili.
Avvalroq Oq uy jurnalistlari AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukrainani hozirgi front chizig‘ida to‘xtash va keyinchalik kelishuvga erishish taklifini bildirgani haqida xabar bergan edi.
Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Ukrainadagi inqirozni uzoq muddatli hal qilish uchun uning asosiy sabablarini bartaraf etish zarurligini bir necha bor ta’kidlagan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukrainadagi mojaro Kiyev hududlarini yo‘qotishi bilan yakunlanadi – Tramp