TOShKENT, 20 okt – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan telefon suhbatidan keyin Ukraina mojarosi bo‘yicha fikrini o‘zgartirdi. Bu haqda “Politico” gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda yozapti.
Nashrning ta’kidlashicha, aynan Trampning Putin bilan suhbati Oq uy rahbarini Zelenskiyga “mojaroni yuzaga kelgan front chizig‘i bo‘ylab yakunlash zarurligini” aytishga undagan.
Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp 16-oktabr kuni telefon orqali muloqot qildi. Suhbatdan so‘ng Tramp rossiyalik hamkasbi bilan Vengriyada uchrashishini ma’lum qildi. Muzokaralarda Ukraina mojarosini hal qilish masalalari ko‘rib chiqiladi.