Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina Rossiyani yenga olmaydi – Britaniya generali

Richardsning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb ittifoqchilari yolg‘on umidlar bilan Ukrainani jang qilishga undagan.
Sputnik
TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Ukraina Rossiya bilan mojaroda g‘olib bo‘lib chiqa olmaydi, shu bois Kiyev Moskva bilan muzokaralar o‘tkazishi kerak. Bu haqda Britaniya Bosh shtabining sobiq rahbari Devid Richards “The Independent” nashri bilan suhbatda ma’lum qildi.

“Buyuk Britaniya armiyasining eng yuqori lavozimli zobitining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Rossiya bilan urushda g‘alaba qozona olmaydi va tinchlik shartlari to‘g‘risida Kreml bilan muzokaralar olib borishi shart”, - deyiladi maqolada.

Richardsning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainaga G‘arb ittifoqchilari u go‘yoki Rossiya qo‘shinlarini NATO yordamisiz siqib chiqara olishi mumkinligi borasida yolg‘on umidlar baxsh etgan.

“Ukraina bilan holatda qilgan ishimiz bu Ukrainai jang qilishga undadik, biroq g‘alaba uchun vositalar taqdim etmadik. <...> Menimcha, ular g‘alaba qozona olmaydi”, - dedi Britaniya Bosh shtabining sobiq rahbari.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vazirligi va Bosh shtab rahbariyati bilan yig‘ilishda maxsus harbiy operatsiya hududidagi butun jangovar tutashuv chiziqlari bo‘ylab strategik tashabbus Rossiya Qurolli kuchlari tomonida ekanini ma’lum qilgandi.
Rossiya rahbarining aytishicha, Ukraina armiyasi butun front bo‘ylab chekinmoqda, Rossiya armiyasi esa 5 ming kv. km. va 219 ta aholi punktini nazoratga olgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
G‘arb Rossiya Ukrainada g‘alaba qozonganiga ishonishdan bosh tortmoqda - NI