Afg‘oniston va Pokiston o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishga kelishib oldi

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash uchun mexanizmlarni tashkil etishga ham kelishib olgan.
Sputnik
TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Afg‘oniston va Pokiston Dohadagi muzokaralar chog‘ida o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishga kelishib oldi. Bu haqda Qatar Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
“Muzokaralar chog‘ida ikki tomon o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishga kelishib oldi”, - deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanishicha, Afg‘oniston va Pokiston ikki mamlakat o‘rtasida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash uchun mexanizmlarni tashkil etishga ham kelishib olgan.
Tomonlar o‘t ochish rejimiga to‘liq rioya qilish va saqlash maqsadida yaqin kunlarda maslahatlashuvlar o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Afg‘oniston va Pokiston chegarasida qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgandi. Unda tomonlar bir-birini ayblagan.
Afg‘oniston va Pokiston chegarasida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi – tafsilotlar