Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zaporojye AESining shikastlangan elektr liniyalarini ta’mirlash boshlandi — Grossi

Atom elektr stansiyasini sovutish va yadro xavfsizligi ta’minlash uchun tashqi elektr ta’minoti — hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Sputnik
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Zaporojye AESida shikastlangan elektr uzatish liniyalarini ta’mirlash ishlari boshlandi, deb ma’lum qildi MAGATE bosh direktori Rafael Grossi. "
"To‘rt haftalik uzilishdan so‘ng Zaporojye AESda shikastlangan tashqi elektr uzatish liniyalarida ta’mirlash ishlari boshlandi. Hududiy o‘t ochishni to‘xtatish zonalari haqidagi kelishuv ishni davom ettirish imkonini berdi", - dedi Grossi.
Tashqi elektr ta’minotini tiklash — atom elektr stansiyasini sovutish va barqaror ishlashini ta’minlash uchun uning va yadro xavfsizligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega deyiladi xabarda.
“Ikkala tomon (Rossiya va Ukraina – tahr.) kompleks ta’mirlash rejasini amalga oshirishni ta’minlash uchun MAGATE bilan konstruktiv hamkorlik qilib kelmoqda”, — deyiladi xabarda.

AESdagi vaziyat

23 sentabr kuni Zaporojye atom elektr stansiyasi (ZAES) Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi sababli elektr ta’minotida uzilish yuz berdi. Oradan ko‘p o‘tmay Dneprovskaya yuqori voltli elektr tarmog‘i ham ishlamay qoldi. Ma’lum qilinishicha, stansiya o‘z quvvat manbaiga o‘tgan, reaktor sovutish tizimi uchun dizel generatorlari o‘z vaqtida qayta ishga tushirilgan edi.
ZAES matbuot xizmati stansiya faoliyatini ta’minlovchi barcha tizimlar meyorida ishlayotgani, dizel yoqilg‘isi zaxirasi yetarli, radiatsiyaviy holat normal ekanligini ta’kidladi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, rejaga ko‘ra elektr ta’minotini ikki bosqichda tiklash ko‘zda tutilgan. Dastlab, bir yarim kilometr radiusda Dneprovskaya elektr uzatish liniyasini ta’mirlash uchun mahalliy o‘t ochishni to‘xtatish, keyin esa Ferrosplavnaya-1 liniyasida ishlash uchun ikkinchi shunday zona kuchga kiradi.

Zaporojye atom elektr stansiyasi

ZAES Dnepr darosining chap qirg‘og‘ida, Energodar shahri yaqinida joylashgan, har biri bir gigavatt quvvatga ega oltita energiya blokiga ega Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasidir.

2022 yil oktabr oyida u rossiyalik mutaxassislar nazoratiga o‘tdi. Energobloklarda ishlab chiqarish 2022-yil sentabrida to‘xtatilgan, 2024-yil aprelidan esa ular “sovuq o‘chirish” rejimida ishlamoqda.

Ukraina Qurolli Kuchlari Energodar va Zaporojye AES hududini doimiy ravishda o‘qqa tutib kelmoqda. Stansiya obyektlari esa dron hujumlaridan bir necha bor zarar ko‘rgan.