Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Tramp va Zelenskiy uchrashuvi yakunlari

Tramp Zelenskiyga mojaroni to‘xtatish urushni barham berish zarurligini aytdi
Sputnik
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Vladimir Zelenskiy uchun kelishuvga erishish va Rossiya bilan mojaroga chek qo‘yish vaqti keldi, deb ma’lum qildi AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social tarmog‘ida.

“Men unga prezident Putinga qat’iy maslahat berganimdek, qotilliklarni to‘xtatish va kelishuvga erishish vaqti kelganini aytdim!” - deb yozdi Tramp.

Amerika yetakchisi, shuningdek, har ikki tomon o‘zini g‘olib deb e’lon qilishini qo‘shimcha qildi. Uning fikricha, buni tarix hal qiladi.
Bundan tashqari, Tramp ta’kidlashicha, uning Putin bilan Budapeshtda bo‘lajak uchrashuvi ikki tomonlama bo‘ladi, Zelenskiy u yerda bo‘lmaydi.

Trampning boshqa bayonotlari

Ukraina kelishuvining muvaffaqiyatiga ishonch bor.
Voqealar "juda yaxshi rivojlanmoqda".
Mojaroga uzoq muddatli yechim kerak.
Ukrainaga uzoq masofali zarbalar uchun Amerika qurollaridan foydalanishga ruxsat berish — keskinlashuvga olib keladi.
Tomahawklarni yetkazib berish "ko‘p yomon narsalarga" olib kelishi mumkin.

Javobdan qochdi

Zelenskiy Amerika rahbari bilan uchrashgandan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi. U dastlab ular bilan ukrain tilida gaplashgan, keyin ingliz tiliga o‘tgan va "AQShda" ekanligini unutganini tushuntirgan.
"Biz, albatta, uzoq masofali raketalarni ham muhokama qildik va men bu haqda hech qanday bayonot berishni istamayman. Biz bu haqda gaplashmaslikka qaror qildik, chunki <...> Qo‘shma Shtatlar keskinlashuvni istamaydi", - dedi u.
Shu bilan birga, Zelenskiy Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini ham muhokama qilgan. Biroq, tomonlar kelishuvga erishgani haqida aniqlik kiritmadi.

Putin va Tramp suhbati

Payshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tramp bilan telefon orqali 2,5 soat muloqot qilgan edi.

Suhbatda Putin Ukrainaga "Tomagavk" raketalarini yetkazib berish "jang maydonidagi vaziyatni o‘zgartirmasligini, balki Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarga jiddiy putur yetkazishini" tushuntirgan.
Tramp, o‘z navbatida, mojaroni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi va bu Rossiya va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik uchun ulkan istiqbollarni ochib berishini aytdi.

AQSh va Rossiya rahbarlari yaqin vaqt ichida Budapeshtda sammit o‘tkazish to‘g‘risida dastlabki kelishuvlarga erishishgan.