Isroil tinchlik sulhini 47-marta buzdi — G‘azo hukumati

Bir kun oldin Netanyaxu, tinchlik sulhiga qaramasdan, Isroil G‘azodagi barcha maqsadlariga erishish qarori qat’iy ekanini ma’lum qilgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 18 okt – Sputnik. G‘azo hukumati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tinchlik shartnomai imzolanganidan so‘ng Isroil o‘t ochishi natijada 38 kishi halok bo‘lgan.
“G‘azo sektorida urush tugagani e’lon qilinganidan beri Isroil ishg‘oli qator qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ydi, hozirda ularning soni 47 taga yetdi... Isroil tomonidan davom etayotgan qonunbuzarliklar tufayli 38 kishi halok bo‘ldi, 143 kishi yaralandi”, — deyiladi G‘azo hukumati matbuot xizmati xabarida.

Bir kun oldin, Isroil bosh vaziri Netanyaxu, tinchlik sulhiga qaramasdan, Isroil G‘azodagi barcha maqsadlariga erishishini, jumladan XAMASni to‘liq yo‘q qilish qarori qat’iy ekanini ma’lum qilgan edi.

AQSh prezidenti sa’y-harakatlari bilan XAMAS va Isroil orasda tinchlik shartnomasi tuzish uchun dastlabki qadamlar qo‘yilganiga bir necha kun bo‘ldi. O‘tgan davr mobaydinida XAMAS asirga olinganlar va ularning tanasini Isroilga qaytardi. Isroil qo‘shinlarini xavfsiz masofaga olib chiqdi.
13 oktabr kuni Sharm ash-Shayxdagi bo‘lib o‘tgan "Tinchlik sammiti"da AQSh prezidenti Donald Tramp, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy G‘azodagi mojaroni tinch hal etishga oid keng qamrovli hujjat imzolashgan edi.