TOShKENT, 18 okt — Sputnik. "Kattaqo‘rg‘on" poligonida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon va Qirg‘iziston harbiylarining “Birlik — 2025” mintaqaviy o‘quv-mashqlari davom etmoqda.
Mashqlarda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon harbiy xizmatchilari zamonaviy jangovar uslublarni birgalikda ishlab chiqib, qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarmoqda.
Bo‘linmalar taktik, aloqa va taktik-tibbiy tayyorgarlik kabi jangovar jipislikni mustahkamlaydigan mashg‘ulotlarda o‘zaro tajriba almashib, berilgan nishonlarni tezkor va samarali yo‘q qilishda aniq va ishonchli harakatlarni amalga oshirdi.
Shuningdek, “Taktik o‘qchi” hamda "Sarbon" musobaqalarida ishtirokchilar mahorat, kuch va imkoniyatlarda o‘zaro bellashdilar.
Birgalikdagi amalga oshirilgan mashg‘ulotlar o‘z samarasini berib, harbiy xizmatchilarning zamonaviy bilim, tajriba va jangovar mahoratlari yanada oshib bormoqda, Mudofaa vazirligi deyiladi xabarida.