O‘zbekiston va Rossiya neft-gaz va energetika sohasida yangi loyihalarni muhokama qildi

Energetika vaziri Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Suhbatda neft-gaz va elektr energetika sohalaridagi hamkorlik, investitsiya loyihalarini amalga oshirish muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt – Sputnik. O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Moskva shahrida Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Aleksandr Novak bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv “Rossiya energetika haftaligi – 2025” xalqaro forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum jahon energetika sohasidagi eng yirik va nufuzli platformalardan biri hisoblanadi. Unda davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro ekspertlar hamda yetakchi energetika kompaniyalari ishtirok etmoqda.

Uchrashuvda neft-gaz va elektr energetika sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda ushbu yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlarni muhokama qilishdi.

Ministr energetiki provel vstrechu s Aleksandrom Novakom
Davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin orasida 14-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratgan edilar.
Ikki davlat rahbarlari tomonidan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston va Rossiya hamkorlikni chuqurlashtiradi