Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Tramp Rossiya prezidenti bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuv joyini ochiqladi

Ikki davlat rahbarining telefon orqali qilgan muloqoti juda samarali kechgan. Endilikda Zelenskiyni Oq uyga chaqirib, bu borada uning fikrini bilish kerak.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazishini e’lon qildi. Muzokaralar Vengriya poytaxti Budapeshtda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tramp o‘zining "Truth Social" sahifasida ma’lum qildi.
Uchrashuvning asosiy mavzusi — Ukraina urushiga barham berish. Trampning aytishicha, bu borada Putin bilan o‘tkazilgan telefon muloqoti juda samarali kechgan.
"Men bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali juda samarali suhbat o‘tkazdim. Biz ushbu “sharmandali” urushni to‘xtatish yo‘llarini muhokama qildik. Putin bilan Budapeshtda uchrashishga kelishdik", — deb yozdi Tramp.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Budapeshtdagi uchrashuvdan oldin ikki davlatning yuqori martabali vakillaridan iborat delegatsiyalar muzokaralar olib boradi. AQSh delegatsiyasiga davlat kotibi Marko Rubio boshchilik qiladi. Bu uchrashuvning aniq joyi hozircha belgilanmagan.
Tramp, shuningdek, ertaga Oq uyda Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishini, suhbat davomida Putin bilan bo‘lgan telefon muloqoti va boshqa masalalarni muhokama qilishini ma’lum qildi.
“Men bugun erishilgan yutuq Ukraina bo‘yicha muzokaralarimizga ham ijobiy ta’sir qiladi, deb hisoblayman”, — deya ta’kidladi AQSh prezidenti.
Shuningdek, Tramp telefon suhbat chog‘ida Vladimir Putin unga Yaqin Sharqdagi sulh — Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush to‘xtatilgani munosabati bilan tabrik yo‘llaganini aytdi. Rossiya prezidenti bu voqeani “asrlar orzu qilgan tinchlik” deb atagan.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar urushdan keyingi davrda Rossiya-AQSh savdo aloqalarini tiklash bo‘yicha ham fikr almashgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin: Rossiya va AQSh “Alyaskadagi kelishuvlar doirasida qolmoqda”