Shavkat Mirziyoyev kasaba uyushmalarini 120-yillik yubileyi bilan tabrikladi

O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatiga 1905-yilda asos solingani ma’lum bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda prezident O‘zbekiston kasaba uyushmalarini yubiley bilan tabriklab, sohada erishilgan yutuqlarni sanab o‘tdi.
“Fursatdan foydalanib, siz, azizlarni O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120-yillik yubileyi va yaqinlashib kelayotgan kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Barchangizga sihat-salomatlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yutuq va omadlar, oilalaringizga baxt-saodat, fayzu baraka tilayman”, - dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev pozdravil profsoyuzi Uzbekistana
O‘z nutqida davlat rahbari O‘zbekistonda so‘nggi yillarda mehnatni ulug‘lash va ishchilar huquqlarini himoya qilish, hamda ijtimoiy himoya sohasida erishilgan yutuqlarni ham sanab o‘tdi:
So‘nggi sakkiz yilda O‘zbekiston iqtisodiga $130 mlrd investitsiya kiritildi va YaIM jon boshiga 3,5 ming dollarga yetdi.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi, “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi.
Ijtimoiy institutlarni qo‘llab-quvvatlash hajmi 2017-yilga nisbatan 100 karra oshib, bu yil 1,2 trillion so‘mga yetdi.
O‘zbekiston – Xalqaro mehnat tashkilotining 25 ta hujjatlarini ratifikatsiya qildi.
Bolalar mehnati va majburiy mehnatga to‘liq barham berildi.
500 mingga yaqin xodimning qonuniy huquqlari himoya qilindi, ularning foydasiga 267 milliard so‘m undirib berildi.
1 ming nafar jabrlangan xodimga 35 milliard so‘m tovon puli to‘lab berildi
Nohaq bo‘shatilgan 13 ming xodim ishga tiklandi.
6 mln aholiga o‘zini o‘zi band qilib, ro‘zg‘or tebratishi uchun imkoniyat va sharoit yaratib berildi.
Masofadan turib mehnat qilish platformalari, mahallalarni ixtisoslashtirish orqali 1,5 mln oila o‘z xonadonida ishlab daromad olmoqda.
“Ayollar daftari” orqali 4,5 million ehtiyojmand, kam ta’minlangan xotin-qizlarga yordam ko‘rsatildi.
Kasaba uyushmalari tizimidagi 30 dan ortiq sanatoriy va 100 dan ziyod bolalar oromgohlari xizmat qilmoqda. So‘nggi 5-yilda sanatoriylarda 900 mingga yaqin aholi, oromgohlarda esa 800 ming bola dam oldi.
Uchrashuvda, shuningdek, kasaba uyushmalari vakillarining taklif va tashabbuslari tinglandi.

Prezident mehnatkash xalqimizga chuqur hurmat va ehtirom ifodasi sifatida har bir hududda “Kasaba uyushmalari bog‘lari”ni tashkil etishni taklif qildi. Viloyat hokimlariga kasaba uyushmalari bilan maslahatlashib, bog‘lar uchun joy ajratish topshirildi.