Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Ukrainaning hujumlariga “Kinjal” bilan javob qaytardi

Zarba Kiyevning Rossiya hududidagi fuqarolik obyektlariga bergan terrorchilik hujumlariga javob bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaning harbiy sanoat majmuasi korxonalari ishini ta’minlaydigan gaz energetika infratuzilmalariga keng ko‘lamli zarba berdi.
Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, hujum Kiyevning Rossiya hududidagi fuqarolik obyektlariga bergan terrorchilik zarbalariga javob bo‘lgan.
Vazirlikning aniqlik kiritishicha, zarba kechasi yuqori aniqlikdagi qurollar, jumladan, “Kinjal” gipertovushli raketalar va dronlar yordamida berilgan.
Qayd etilishicha, barcha nishonlar yo‘q qilingan, oldinga qo‘yilgan vazifalar bajarilgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya armiyasi DXRdagi Novosolovkaning yarmini nazorat qilmoqda – Marochko