O‘zbekistonda tibbiy radioizotoplar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi – video

Loyiha shifokorlarga aniq tashxis qo‘yish va samarali davolash imkonini oshirishga yordam beradi.
Sputnik
TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Bo‘stonliqdagi "Amirsoy Resort"da “Yadro energetikasi va yadro texnologiyalarining zamonaviy muammolari” XI xalqaro konferensiyasi doirasida sayyor sessiya bo‘lib o‘tdi.
Unda Xitoy, Rossiya, Misr, Qozog‘iston, kabi 16 ta davlatdan 200 nafardan ortiq olimlar ishtirok etib, O‘zbekistonda yadroviy tibbiyotda qo‘llaniladigan radioizotoplar ishlab chiqarish loyihasini ko‘rib chiqishdi.
Ushbu loyiha shifokorlarga aniq tashxis qo‘yish va samarali davolash imkonini oshirishga yordam beradi.
Loyiha bilan batafsil Sputnik lavhasida tanishing