TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Shanxayda O‘zbekiston investitsiyalar va savdoni rag‘batlantirish markazining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi "Dunyo" axborot agentligi.
Tadbirda Shanxay xalqaro savdo zonasi va Tzansu provinsiyasi, Savdo-sanoat palatasi vakillari hamda 60 dan ortiq mahalliy kompaniya rahbarlari ishtirok etdi.
V Kitae otkrilsya Sentr prodvijeniya investitsiy i torgovli Uzbekistana
© IA "Dunyo"
Markazning asosiy vazifasi — O‘zbekistonning iqtisodiy, investitsiyaviy va eksport salohiyati haqida ma’lumot berish, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun amaliy maydon yaratishdan iborat.
V Kitae otkrilsya Sentr prodvijeniya investitsiy i torgovli Uzbekistana
© IA "Dunyo"
Tadbirda mamlakatimizdagi qishloq xo‘jaligi, sanoat, “yashil” energetika, farmatsevtika va IT sohalaridagi imkoniyatlar hamda xorijiy investorlar uchun yaratilgan soliq va bojxona yengilliklari haqida ma’lumot taqdim etildi
Shuningdek, tadbirda O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan xitoylik ishbilarmonlar o‘z tajribasi va mamlakatdagi qulay biznes muhiti haqida fikr almashdilar.
Marosim yakunida ishtirokchilar istiqbolli hamkorlik loyihalarini muhokama qildi va savollarga javob oldi.